agrostarNewsType.News

➡️ Tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 150 dan ortiq uzumchilik sohasi vakillari tinglovchi sifatida qatnashmoqda.
🔼 Kristian Rodriges uzumchilik sohasida, xususan, xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz tayyorlash va sitrus mevalar boʻyicha 25 yillik tajribaga ega yuqori malakali xalqaro texnik maslahatchi hisoblanadi.
📌 U Chili, Peru va Meksika kabi xoʻraki uzum va sitrus yetishtirish boʻyicha yetakchi davlatlarda yirik loyihalarni boshqaradi hamda "Bayer" va "Manuelita SAC" kabi yirik kompaniyalarga texnik koʻmak berib keladi. Ikki ming gektarga yaqin maydonda xoʻraki uzum va sitrus yetishtirish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatadi.
📈 Uning tajribasi nafaqat mahsulot yetishtirish, balki zararkunandalarga qarshi kurash, sugʻorish tizimlari, eksport va xalqaro standartlarni joriy qilishni ham qamrab oladi.
📍 Seminarning ikkinchi qismini Samarqandda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda keyingi postlarimizda yana batafsil ma’lumot beramiz.