Uzun AgroStar haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-57-son qaroriga asosan, 2025 yil 28 may kuni “Uzun Agro Star” loyiha ofisi MChJ sifatida qayta tashkil etildi.
“Uzun Agro Star” — xurmo va anjir yetishtirish, saralash, qadoqlash hamda eksportga tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniya. Biz fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan hamkorlikda hosildorlikni oshirish va bozorga barqaror ta’minot yaratishga xizmat qilamiz.
I. Mavjud holat va amalga oshirilgan ishlar
- Uzun tumanida intensiv bog‘dorchilik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha dastur yo‘lga qo‘yildi: tomchilatib sug‘orish, fertirigatsiya va agrotexnik monitoring tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
- Mahalliy iqlimga mos, yuqori hosildor xurmo va anjir navlari bo‘yicha tajriba maydonlari tashkil etildi.
- Fermerlar uchun amaliy seminarlar: ekish texnologiyasi, oziqlantirish, IPM himoya, budash va hosil yig‘ish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.
- Mahsulotni saralash, kalibrlash va qadoqlash bo‘yicha standart operatsion tartiblar (SOP) ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Tashkiliy o‘zgarishlar va hamkorliklar
- “Uzun Agro Star” MChJ ixtisoslashgan kompaniya sifatida qayta tashkil etilib, bog‘dorchilik va logistika yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirildi.
- Banklar hamda hamkor tashkilotlar ko‘magida ko‘chat, o‘g‘it, himoya vositalari va texnika bilan ta’minlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi.
- Ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda nav sinovlari, hosildorlik monitoringi hamda agrotexnik adaptatsiya tadqiqotlari boshlandi.
- Saqlash va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha bosqichli reja shakllantirildi.
Ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik
- Bog‘dorchilik bo‘yicha ilmiy muassasalar bilan metodik qo‘llanmalar tayyorlanib, fermerlarga amaliy tavsiyalar shaklida yetkazilmoqda.
- Xalqaro hamkorlar bilan sifat boshqaruvi, izlenish (traceability) va GlobalG.A.P./HACCP standartlari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
- Hudud iqlimi va tuproq sharoitiga mos navlar bo‘yicha dala sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.
- Qadoqlash dizayni va brendlash bo‘yicha ichki hamda eksport bozorlariga mos yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Natijalar
- Pilot bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari asosida saralanib, sertifikatlash jarayonlariga yo‘naltirildi.
- Mahalliy va mintaqaviy xaridorlar bilan yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik aloqalari bosqichma-bosqich kengaytirildi.
Ishlab chiqarish zanjiri (yo‘l xaritasi)
- Ko‘chat tayyorlash — bog‘ni barpo etish — sug‘orish va oziqlantirish — IPM/himoya — budash va yig‘im-terim — saralash/kalibrlash — qadoqlash — saqlash/logistika — ichki/eksport bozorlari.
Xizmatlar

Транспорт хизматлари кўрсатиш
450 so'm
UZUN AGRO STAR MCHJ
26-sentabr, 2025

Ер ҳайдаш ва экинларни экишга тайёрлаш хизматлари (Дилинавоз текислаш)
285 000 so'm
UZUN AGRO STAR MCHJ
26-sentabr, 2025

Ер ҳайдаш ва экинларни экишга тайёрлаш хизматлари (Трактор ва омоч билан ер ҳайдаш)
875 000 so'm
UZUN AGRO STAR MCHJ
26-sentabr, 2025
Mahsulotlar

Mineral
O'g'it tarqatuvchilar9 850 so'm/кg
UZUN AGRO STAR MCHJ

Mineral o'g'itlar
O'g'itlar15 000 so'm/кg
UZUN AGRO STAR MCHJ

Fumigantlar
O'simliklarni himoya qilish vositalari374 000 so'm/l
UZUN AGRO STAR MCHJ

Fumigantlar
O'simliklarni himoya qilish vositalari235 000 so'm/l
UZUN AGRO STAR MCHJ