JOMBOY AgroStar haqida

Jomboy Agro Star — video

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi PQ-57-son qaroriga muvofiq, 2025 yil 28 may kuni “Jomboy Agro Star” loyiha ofisi tashkil etildi. 2025 yil 5 sentyabr kuni esa ushbu loyiha ofisi “Jomboy Agro Star” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirildi.

“JOMBOY Agro Star” — qovun-tarvuz yetishtirish, ko‘chat tayyorlash, saralash, qadoqlash va eksportga tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniya. Biz tomorqa egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda hosildorlikni oshirish va bozorga barqaror ta’minot yaratishga xizmat qilamiz.

I. Mavjud holat va amalga oshirilgan ishlar

  • Bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarda mavjud tomorqa, dehqon, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa korxonalarga tegishli yer maydonlari hajmi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
  • Mahallalar ixtisoslashuvi va asosiy eksport yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish.

Tashkiliy o‘zgarishlar va hamkorliklar

  • Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda sifatli urug‘ va ko‘chatlarni tanlash hamda olib kelish.
  • Hududga mos navlar ekilishini tashkil etish va agrotexnik hamrohlik.

Ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik

  • Global G.A.P, Organic, Halal va boshqa xalqaro standartlarni joriy etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
  • Eksport uchun fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishga ko‘maklashish.

Natijalar

  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari brendini yaratish va yuqori qiymatli bozorlarni topish.
  • Yetakchi tadbirkorlar va xalqaro mutaxassislar bilan loyihalarni birgalikda amalga oshirish.

Ishlab chiqarish zanjiri (yo‘l xaritasi)

  • Quyosh panellari, geokollektorlar, tomchilatib sug‘orish, lazerli tekislash va issiqlik nasoslarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash.
  • Mazkur yondashuvlar asosida kamida 1 gektargacha maydonda zamonaviy issiqxonalar barpo etish.