Yangiyo'l AgroStar haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-57-son qaroriga asosan, 2025 yil 28 may kuni “Yangiyo‘l Agro Star” loyiha ofisi MChJ sifatida qayta tashkil etildi.
“Yangiyo‘l Agro Star” — pomidor, ko‘katlar va bulg‘or qalampiri yetishtirish, saralash, qadoqlash va eksportga tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniya. Biz fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan hamkorlikda hosildorlikni oshirish hamda bozorga barqaror ta’minot yaratishga xizmat qilamiz.
I. Mavjud holat va amalga oshirilgan ishlar
- Yangiyo‘l hududida sabzavotchilik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha dastur yo‘lga qo‘yildi: tomchilatib sug‘orish, fertirigatsiya va agrotexnik monitoring tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
- Mahalliy iqlimga mos yuqori hosildor pomidor, ko‘katlar va bulg‘or qalampiri navlari bo‘yicha tajriba maydonlari tashkil etildi.
- Fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun ekish texnologiyasi, oziqlantirish, IPM himoya hamda hosil yig‘ish bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazildi.
- Mahsulotlarni saralash, kalibrlash va qadoqlash bo‘yicha standart operatsion tartiblar (SOP) ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
Tashkiliy o‘zgarishlar va hamkorliklar
- “Yangiyo‘l Agro Star” MChJ ixtisoslashgan kompaniya sifatida qayta tashkil etilib, ishlab chiqarish va logistika yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirildi.
- Banklar va hamkor tashkilotlar bilan ko‘chat, o‘g‘it, himoya vositalari hamda texnika ta’minoti bo‘yicha amaliy mexanizmlar yo‘lga qo‘yildi.
- Ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda nav sinovlari, hosildorlik monitoringi va agrotexnik adaptatsiya ishlari boshlangan.
- Saqlash va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha bosqichli rejalar ishlab chiqildi.
Ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik
- Sabzavotchilik bo‘yicha ilmiy muassasalar bilan metodik qo‘llanmalar tayyorlanib, fermerlarga amaliy tavsiyalar shaklida yetkazilmoqda.
- Xalqaro hamkorlar bilan sifat boshqaruvi, izlenish (traceability) hamda GlobalG.A.P./HACCP standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
- Hudud iqlimi va tuproq sharoitiga mos navlar bo‘yicha dala sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.
- Qadoqlash dizayni va brendlash bo‘yicha ichki hamda eksport bozorlariga mos yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Natijalar
- Pilot maydonlarda yetishtirilgan mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha saralanib, sertifikatlash jarayonlariga yo‘naltirildi.
- Mahalliy va mintaqaviy xaridorlar bilan uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Ishlab chiqarish zanjiri (yo‘l xaritasi)
- Ko‘chat va urug‘ tayyorlash — ekish — sug‘orish va oziqlantirish — IPM/himoya — yig‘im-terim — saralash/kalibrlash — qadoqlash — saqlash/logistika — ichki va eksport bozorlari.
Bizning mahsulotlar






