Vacancies title
Vacancies subtitle
📢“Uzagrostar Holding” Ichki auditor lavozimiga tanlov eʼlon qiladi
👨💼Lavozim: Ichki auditor
📍Ish joyi: Toshkent shahri
🕒Bandlik turi: Toʼliq stavka
Hisobot berishi: Xolding direktori / Kuzatuv kengashi
📢“Uzagrostar Holding” Saralash, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash
texnologiyalarini monitoring qilish boʼyicha bosh mutaxassis
lavozimiga tanlov eʼlon qiladi
👨💼Lavozim: Bosh mutaxassis
📑Yoʼnalish: Saralash, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari monitoringi
📍Ish joyi: Toshkent shahri (hududiy xizmat safarlari bilan)
🕒Bandlik turi: Toʼliq stavka
Hisobot berishi: Ishlab chiqarish boʼyicha direktor oʼrinbosari
🎯Lavozimning asosiy vazifalari:
• Xolding va ixtisoslashgan agrokompaniyalarda moliyaviy-xoʼjalik
faoliyatini tekshirish
• Ichki nazorat tizimi samaradorligini baholash
• Byudjet ijrosi va moliyaviy intizomni audit qilish
• Xatarlarni (risk assessment) aniqlash va kamaytirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish
• Qonunchilik va ichki normativ hujjatlarga muvofiqlikni tekshirish
• Davlat auditi va tashqi audit organlari bilan hamkorlik qilish
• Аudit natijalari boʼyicha tahliliy hisobot va tavsiyalar tayyorlash
📈Nomzodga qoʼyiladigan talablar:
• Oliy maʼlumot (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya yoki audit yoʼnalishida)
• Kamida 3–5 yil moliyaviy nazorat yoki audit sohasida ish tajribasi
• Buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlarini bilish
• Soliq qonunchiligi va moliyaviy hisobot tizimini yaxshi tushunish
• Аnalitik fikrlash va detallarga eʼtibor
• 1S, ERP tizimlari va MS Excelni yuqori darajada bilish
• Аuditorlik sertifikati (CAP, CIPA, ACCA va h.k.) mavjudligi ustunlik beradi
💼Biz taklif qilamiz:
• Raqobatbardosh oylik maosh (suhbat asosida)
• Xolding darajasida mustaqil audit funktsiyasini yuritish imkoniyati
• Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish dasturlari
• Barqaror va masʼuliyatli ish muhiti
🧾Hujjatlar qabul qilish tartibi:
Quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• Rezyume (CV)
• Qisqacha motivatsion xat
• Mavjud sertifikatlar nusxasi (agar boʼlsa)
📩Hujjatlar elektron pochta orqali uzagrostar@gmail.com manzilga yuboriladi.
Qabul muddati: 05/04/ 2026 yilga qadar.