Bosh sahifa/Yangiliklar

20 tonna pomidor qoqisi Italiya davlatiga eksport qilindi.

29.09.2025, 09:36

20 tonna pomidor qoqisi Italiya davlatiga eksport qilindi.

         "Uzagrostar xolding" muassisligidagi “Yangiyo‘l – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan joriy yiling mart oyida “Alfredo srel” kompaniyasi bilan 200 tonna pomidor qoqisini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.


          Shartnomaga ko‘ra xorijiy kompaniya tomonidan pomidor ekish va quritish ishlarini yetarli darajada sifatli olib borish uchun jarayonlarga italiyalik mutaxassis biriktirilgan edi.


          Birinchi bosqichda 20 tonna qoqi Italiya davlatiga jo‘natildi.

          Rejaga ko‘ra yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 50 tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.