Bosh sahifa/Yangiliklar

Xitoyda O‘zbekiston savdo uyi ochiladi!

19.09.2025, 18:25

Xitoyda O‘zbekiston savdo uyi ochiladi!

        Xitoy Xalq Respublikasining Alashankou shahrida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun qo’shma savdo uyi ochiladi.

        "Uzagrostar Xolding" hamda Xitoyning "Alashankou perfect international trade co. ltd" kompaniyalari bu bo’yicha kelishuvga erishdi.

        Ikki tomon o’rtasida imzolangan memorandumda, shuningdek logistika va transportirovka, O’zbekiston qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun yashil yo’lak yaratish masalalari ham nazarda tutilgan.

        Bundan tashqari ho'l, quritilgan va qayta ishlangan mahsulotlarimizning doimiy ko‘rgazma-savdo paviloni ham tashkil etiladi.

        Mazkur hujjat orqali dehqon va tadbirkorlarimiz mahsulotlarining muntazam va barqaror ravishda Xitoyga eksport qilinishi uchun zamin yaratilmoqda.