Britaniya–Oʻzbek Hamjamiyati bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
19.09.2025, 18:11

“Uzagrostar Xolding” kompaniyasi vakillari va Britaniya–Oʻzbek Hamjamiyati tashkiloti direktori Eva Novikova oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar kelajakdagi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildilar. Jumladan:
– Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Angliyaga eksport qilish imkoniyatlari
– London shahrida Oʻzbekiston meva-sabzavotlari va quritilgan mahsulotlari uchun savdo uyi yoki showroom ochish loyihasi
– 2025-yil 26-sentabr kuni London shahrida o‘tkaziladigan Fresh Awards tadbirida “Uzagrostar Xolding” mahsulotlari bilan ishtirok etish.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni jadallashtirish va kelishilgan tashabbuslarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha kelishib olishdi.