Bosh sahifa/Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

02.03.2026, 19:29

Xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

"Uzagrostar xolding" kompaniyasi direktori F. Muxiddinov Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O'zbekistondagi vakili Beate Shoreyt bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

– Yangi loyihalarni shakllantirish va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash
– Tuman master-rejalarini ishlab chiqish
– Biznesga xizmat ko‘rsatuvchi servislarni yo‘lga qo‘yish
– “Yashil iqtisodiyot” va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

Agrosanoat sohasida uzumchilik, yangi navlarni import qilish, sertifikatlash va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va “yashil innovatsiyalar”ni joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va amaliy ishlarni tez fursatda boshlashga kelishib oldilar.