Baxmalda Olma sayli!
29.09.2025, 10:47

“Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Baxmal – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi va Agrobank hamkorligida Baxmal tumanida “Olma sayli” o‘tkazildi.
👨🌾 Tadbirda:
▪️ katta tajribaga ega baxmallik bog‘bonlar
▪️ malakali agronomlar
▪️ xorijiy yetakchi mutaxassislar
ishtirok etdilar.
🔍 Sayl davomida:
✔️ sifatli va eksportbop olmalarni yetishtirish bo‘yicha tajriba almashildi
✔️ bog‘dorchilikka qiziquvchi yurtdoshlarimiz ekspertlardan maslahat olishdi
✔️ mehmonlar olmalar va qayta ishlangan mahsulotlar bilan tanishishdi
✔️ ko‘ngilochar dasturlardan bahramand bo‘lishdi.
📈 “Olma sayli” – bilim, tajriba va qiziqarli dam olishni birlashtirgan samarali anjumanga aylandi.