Hamkorlik memorandumi imzolandi
13.04.2026, 11:52News 38

Hujjat doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan:
➡️ Agrostar tomonidan taqdim etiladigan issiqxonalarda "FIRMMIT" tomonidan “Premium” navdagi qulupnay koʻchatlari hamda oʻgʻitlaridan foydalangan holda Koreya texnologiyasi asosida yuqori sifatli mahsulotlarni yetishtirish
➡️ Agrostar agronomlari uchun Koreya texnologiyasi asosida qulupnay yetishtirish boʻyicha tajriba almashish dasturlari va treninglarni tashkil etish
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab qulupnay yetishtirish istagida boʻlgan tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari uchun seminarlar tashkil etish
➡️ Yetishtirilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish uchun yangi bozorlarni topish