Mirzacho'l AgroStar haqida

Mirzacho'l Agro Star — video

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-57-son qaroriga asosan, 2025 yil 28 may kuni “Mirzacho‘l Agro Star” loyiha ofisi MChJ tashkilotiga aylantirildi.

“Mirzacho‘l Agro Star” — qovun-tarvuz yetishtirish, ko‘chat tayyorlash, saralash, qadoqlash va eksportga tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniya. Biz tomorqa egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda hosildorlikni oshirish va bozorga barqaror ta’minot yaratishga xizmat qilamiz.

I. Mavjud holat va amalga oshirilgan ishlar

  • Mirzacho‘l tumanida 12 ta mahalla, 10,8 mingta xonadon mavjud. Tomorqa yerlar maydoni — 586 gektar. Qo‘shimcha ravishda 2,6 mingta dehqon xo‘jaliklarida 1,3 ming gektar va 425 ta fermer xo‘jaliklarida 29,2 ming gektar yerlar mavjud.
  • Tuman tomorqalarida asosan sabzavotlar yetishtiriladi, dehqon va fermer xo‘jaliklari qovun-tarvuzga ixtisoslashgan. 12 mahalladan 4 tasida jami 300 gektar (shundan 189 gektar qovun, 110 gektar tarvuz) maydonga ekin ekildi.
  • Qamrov tumanlarida reja — 37,3 ming gektar (18,7 ming gektar qovun, 18,6 ming gektar tarvuz), amalda — 36,3 ming gektar (18,2 ming gektar qovun, 18,1 ming gektar tarvuz), ijro — 97,0%.
  • Qovun-tarvuz ekinlari joylashuvi: Ko‘kdala — 16,1 ming gektar, Mirzaobod — 6,5 ming gektar, Sardoba — 4,0 ming gektar, Oqoltin — 3,6 ming gektar, Xovos — 4,1 ming gektar, Urganch — 879 gektar, Yangi Bozor — 832 gektar.
  • Sohaning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish uchun jami 30 ta mahalla tanlandi (jumladan Mirzacho‘l tumanida “Ipakyo‘li”, “Bog‘bon”, “Yangidala”, “Toshkent” va boshqalar).

Tashkiliy o‘zgarishlar va hamkorliklar

  • “Uzagrostar Xolding” Kuzatuv kengashining 2025 yil 25 aprel kungi 5-son qaroriga ko‘ra, “Mirzacho‘l Agro Star” MChJ ixtisoslashgan kompaniya shaklida qayta tashkil etildi.
  • O‘zmilliybank hamkorligida Mirzacho‘l tumani Yangidala hududida Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birga qovun-tarvuz urug‘lari ekilib, “tajriba maydonchasi” yaratildi.
  • 2-may kuni Pachtakor tumani Navro‘z MFYda M-39 avtomagistral yo‘li bo‘yida qovun-tarvuz yetishtiruvchilar uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
  • Pachtakor tumanida ofis uchun bino va 5 gektar yer (jumladan 1 gektar issiqxona) “Agrosanoat” kompleksi uchun tanlab olindi. Kompleksda ko‘chat yetishtirish, tuproq tahlili laboratoriyalari hamda fermerlar uchun o‘quv maktabi tashkil etiladi. Rejalashtirilgan topshirish muddati — 2025 yil 1 noyabr.

Ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik

  • Ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda qovun va tarvuz yetishtirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib, tomorqa egalari va dehqon xo‘jaliklariga tarqatildi.
  • Samarqanddagi Silk Road Samarkand markazida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumida Xitoyning “QCC ShanHai Co. Ltd” kompaniyasi bilan yangi navlar, innovatsion laboratoriyalar, organik mahsulot yetishtirish va eksportni oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
  • 12-iyun kuni Slovakiyaning “ROCOSAN” kompaniyasi bilan qovun-tarvuz ekinlarini organik usulda bosqichma-bosqich yetishtirish va Yevropa mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
  • Xitoydan olib kelingan nav urug‘lari (qovunda Jin Tian №, Jin Tian №3; tarvuzda Jin Mi F1, Jin Zhong Yuan №1, Zhong Yuan №5) ekildi.

Natijalar

  • 2025 yil 1-iyul holatiga meva-sabzavot eksporti rejasi — 2 053,8 mln AQSh dollari, amalda — 2 058 mln AQSh dollari (100,2%). Shundan “Mirzacho‘l Agro Star” MChJ va “Gagarin Impex” MChJ hamkorligida — 1 390,4 mln AQSh dollari.

Ishlab chiqarish zanjiri (yo‘l xaritasi)

  • Sero‘sul va iqlimga mos ko‘chatlar tayyorlash hamda dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish. Pachtakor tumani Navro‘z mahallasidagi 5 gektar yer va 1 gektar issiqxonada ko‘chat bazasi tashkil etilib, kelgusida yiliga 5,0–7,0 mln dona qovun-tarvuz ko‘chatlari tayyorlanadi.