
ID:958
5 000 сум/тonna
Toifi, Toyfi, Sayfi Gʻulomi — kechpishar xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Vatani — Arabiston. Oʻrta Osiyoda qadimdan ekiladi. Tarkibida 22—25% qand, 4—5% kislota bor. Poʻsti qalin, eti sersuv, karsillaydi. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3640° boʻlganda 151 — 188 kunda — sentabr oxirida toʻliq yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosiddorligi 160—280 s/ga (350 s gacha boradi). Uzumi sakdashga va uzoq joylarga yuborishga chidamli. Yangiligida isteʼmol qilinadi. T. baland ishkomlarda va koʻp zangli yelpigʻichsimon shakl berib oʻstirilsa, yuqori hosildorlik taʼminlanadi. Tuproq sharoitlariga talabchan emas. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida yetishtiriladi.
