logo
images/маккажухори.png
others/Макка жухори.jfif
Product Image

ID:662

(0)

Don urug'lari

Makkajo'xori urug'lari

60 000 so'm/кg

Sotuvchi: Якка тартибдаги тадбиркор

Makkajo‘xori bir yillik o‘simlik bo‘lib, boshqa bir yillik boshoqli begona o‘tlardan poyasi, bo‘yini balandligi va barglarini kattaligi bilan ajralib turadi. Poyasi silindrsimon, yo‘g‘on bo‘g‘inli, poyasining yuqorigi qismi otalik ruvaklari bilan tugaydi. Poyasini balandligi 3.5 metr gacha boradi. Bo‘g‘inlari 40 sm gacha bo‘ladi. Barglari parallel to‘rlanishga ega, poyani ikki tomonida ketma-ketlikda joylashadi. Barglarini uzunligi 1 metrgacha, eni 15 sm gacha. Unib chiqish davri – urug‘ yerga qadalgandan havo harorati (12°С dan yuqori), tuproqdagi namlik (80 %) meʼyorida bo‘lsa 4-7 kunni tashkil etadi. O‘simlikni unib chiqishdan to‘liq pishishgacha bo‘lgan davri 63-125 kungachani tashkil etadi. Makkajo‘xori issiqsevar, yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka ancha chidamli bahorgi ekin, tuproq harorati 10°С bo‘lganda, 10-12 kunda unib chiqadi. Maysalari -2-3°С sovuqqa chidaydi. Kuzda – 3° da sovuq uradi va oziqalik sifati pasaytiradi. Makkajo‘xorini asosiy ekin tarzida ekish uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi, gektariga 10-35 t go‘ng va 60-80 kg sof fosfor hisobida o‘g‘it solinadi. Erta bahorda borolanadi yoki yoppasiga kultivatsiya qilinadi. Urug‘lar qator oralari 60, 70 va 90 sm qilib makkajo‘xori seyalkalarda qatorlab 6-8 sm chuqurlikda ekiladi. Har gektar maydonga 20-25 kg meʼyorda urug‘lik sarflanadi. O‘suv davrida 2 marta – birinchisida gektariga sof 70-80 kg azot, 60-80 kg fosfor, ikkinchisida 80-100 kg azot, 50-60 kg fosfor, 40-50 kg kaliy hisobida oziqlantiriladi., 2-3 marta kultivatsiya qilinadi, 4-6 marta sug‘oriladi.

advertisement.png
logo

"Mening Tomorqam" operator tafsilotlari

  • Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko’chasi 18A, 100011
  • Bank hisob raqami: 2020 8000 4070 4887 5003
  • “Biznesni rivojlantirish banki” ATB
  • QQS ro‘yxatga olish kodi: 3260 4025 8727
  • MFO: 01037
  • STIR: 311 261 105
  • IFUT: 62010
  • Telefon: 55 513 05 05
  • Elektron pochta: main@brb-tech.uz