
ID:1303
105 000 so'm/l
PREPАRАTNI QOʼLLАSH USULI Eng yaxshi natijaga begona oʼtlar faol oʼsgan paytda erishiladi. Аralashmani madaniy oʼsimiklarning tana qismlariga va yosh koʼchatlarning yashil qismlariga tegishidan ehtiyot boʼling. Sonround 48 SL tizimli taʼsir qiluvchi oʼsimliklarni himoya qilish vositasi boʼlganligi uchun, dorilashdan keyin kamida 4-5 kun dalada agrotexnik tadbirlar oʼtkazilmasligi kerak. Dorilashda bir gektar uchun ideal suv miqdori 200-400 litrdir. Dorilashlar kunning salqin soatlarida, shamolsiz yoki shamol kam vaqtlarda bajarilishi kerak. REZISTENTLIKKА OID MА’LUMOT Sonround 48 SL nomli oʼsimliklarni himoya qilish vositasi, taʼsir qilish mexanizmiga koʼra G Guruhiga kiruvchi gerbitsiddir. Bir xil taʼsir mexanizmiga ega boʼlgan oʼsimliklarni himoya qilish vositasini qayta ishlatilishi oʼsimlikni rezistentligini oshishiga sabab boʼladi. Shuning uchun, rezistentlikni kamaytirish maqsadida Sonround 48 SL ni bir mavsumda umumiy ishlatilishi kerak boʼlgan miqdordan oshirmang. Dorilashni takrorlash kerak boʼlgan hollarda, har xil taʼsir mexanizmiga ega (G guruhidan tashqari) oʼsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishga eʼtibor bering. PREPАRАTLАR BILАN MOSLIGI: Boshqa oʼsimlikni himoya qilish mahsulotlari bilan aralashtirmang. Qo'shimcha ma'lumot uchun Tel: 99-707-00-42. 99-707-00-35. 99-707-00-41. 91-400-91-99. 99-501-03-03.
