Bosh sahifa/Xizmatlar/Zamonaviy va yuqori aniqlikdagi laboratoriya tahlili xizmati

Zamonaviy va yuqori aniqlikdagi laboratoriya tahlili xizmati
1 / 2

Zamonaviy va yuqori aniqlikdagi laboratoriya tahlili xizmati

25-sentabr, 2025

Narx kelishiladi

Korxona: TOSHKENT-AGRO STAR MCHJ
«AGROLAB O`HQM» Oʻzbekiston agrobiznes sektori uchun zarur bo‘lgan laboratoriya tahlili xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan «AGROLAB O`HQM» oʻsimliklarni himoya qilish, tuproq va suv tahlillari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish boʻyicha laboratoriya xizmatlarini taklif etadi, bu ham ichki bozorni, ham eksportchilarni qoʻllab-quvvatlaydi. Qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini koʻpaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanishga koʻmaklashish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash «AGROLAB O`HQM» asosiy maqsadi hisoblanadi. Bizning missiyamiz — qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati uchun ishonchli, tezkor va mustaqil analitik yordam ko‘rsatishdir. Biz doimiy oʻqish, tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy etishga asoslanib, yetakchi bo‘lishga intilamiz. tel +998971233515