Bosh sahifa/Mahsulotlar/Boshqa Uzum navi

Boshqa Uzum navi
24.09 21:42
0
ID: 962
0

Boshqa Uzum navi

6 000 so'm/тonna

Korxona: DENOV-AGRO STAR MCHJ

Husayni — xalq seleksiyasida yetishtirilgan oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Vatani Oʻrta Osiyo. Uzum boshi yirik, konussimon, sershingil, havol, ogʻirligi oʻrtacha 300 — 350 g (ayrimlari 1 kg gacha). Gʻujumi oʻrtacha va yirik, tuxumsimon yoki pilindrsimon, poʻsti yupqa, sargʻish-yashil, karsillaydi, sershira. Tarkibida 18 — 20% qand bor, nordonligi 2—3%. Oʻsuv davri 153 kun. Hosildorligi 170—180 s/ga. Sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamsizroq. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Saqlashga, uzoq joylarga yuborishga chidamli. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan.